Ayni damda FIFA kunlari davom etmoqda. Bugungi kunda qadar esa Coca Cola Superligasida 3 tur o’yinlari bo’lib o’tdi.
Xo’sh, dastlabki 3 turdan keyin xulosalar qanday bo’ldi?
“Lokomotiv” uchun mavsum og’ir boshlandi. 3 turda 1 durang va 2 mag’lubiyat qayd etildi. Ammo statistikalarda “Loko”ning ustunligini ko’rish mumkin.
“Lokomotiv” uchun mavsum og’ir boshlandi. 3 turda 1 durang va 2 mag’lubiyat qayd etildi. Ammo statistikalarda “Loko”ning ustunligini ko’rish mumkin.
Masalan, AGMKga qarshi bahsda 56 foiz, “Navbahor” bilan o’yinda 54 foiz, “Turon” raqiblik qilgan uchrashuvda 66 foiz vaqt davomida jamoamiz to’pni o’zida ushlab tura olgan. Bu esa o’rtacha har bir uchrashuvga 58 foizni tashkil qiladi degani.
Shuningdek, zarba berishda ham natijalar yomon emas. Uchala bahsda jamoamiz jami 21 marta aniq zarba yo’llagan va shularning 11tasi darvozaga aniq borgan.
Uch bahsda “Lokomotiv” futbolchilari 8 marta sariq kartochka oldi. Raqiblarda esa 7 sariq va 1 qizil kartochka bor.
Shu o’rinda eslatib o’tamiz, “Lokomotiv” navbatdagi uchrashuvini 3-aprel kuni o’z maydonida “Qizilqum”ga qarshi o’tkazadi. Bahs “Lokomotiv” stadionida 16:15da start oladi.