Ushbu uchrashuvdan so’ng mezbonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o’tdi.
“O’yin oson o’tmadi. VAR bilan bog’liq to’xtalishlar hisobiga o’yinimiz yaxshi chiqmadi. Jamoamizdagi futbolchilar ham qo’lidan kelgancha harakat qilishdi. Maqsadimiz g’alaba qozonish edi. Nima ham derdim, “Navbahor”ni g’alaba bilan tabriklayman. Bor gap shu”,– deya gap boshladi Sekeyra.
– “Lokomotiv” ikkita turdan beri yaxshi o’ynab mag’lubiyatga uchramoqda. Jamoada ichki muhit qanday? Navbatdagi o’yinlarda g’alabaga umid qilsa bo’ladimi?
– Ikkita o’yinda ham futbolchilarim yomon o’yin ko’rsatishmadi. Ayrim vaziyatlardagi to’p yo’qotishlar mag’lubiyatga uchrashimizga sabab bo’ldi. Keyingi o’yinlarda g’alaba qozonishga harakat qilamiz. Yigitlar berilgan vazifani bajarishdi. To’g’ri mag’lub bo’ldik, bunga men javobgarman. Oldinga intilishda davom etamiz.
– Yuqorida o’yinchilarda ayb yo’qligi, barcha ko’rsatmalaringizni to’liq bajarishgani haqida aytdingiz. “Navbahor”ning g’alaba golini zahiradan maydonga tushgan o’yinchilar yuzaga keltirganini hisobga olsak, bugun Viktor Jalilovga taktik tomonlama yutqazganingizni tan olasizmi?
– Men bu erga ko’rib o’yinlar, jarayon boshqacha ekanligiga guvoh bo’ldim. Buni ikki oy ichida o’zgartirib bo’lmaydi.