Har yil yangi mavsum oldidan jamoamiz ishtirokida tanishtiruv marosimi tashkil etish odat tusiga kirib ulgurgan.
➡️ “Lokomotiv” PFK ertaga, 4 mart kuni yangi bosh murabbiy Mikael Sekeyra hamda jamoa tarkibiga qo‘shilgan yangi futbolchilarning tanishtiruv marosimi o‘tkazishini ma’lum qiladi.
✅ Tadbir davomida futbolchilarga bu yilgi mavsum futbolkalari taqdim etiladi hamda bosh murabbiy Mikael Sekeyra OAV xodimlarini qiziqtirgan savollarga javob qaytaradi.
🏟 Tanishtiruv marosimi “Lokomotiv” stadioni matbuot anjumanlari zalida bo‘lib o‘tadi va soat 15:00da boshlanadi.
🎤 Barcha turdagi matbuot sohasi vakillarini ushbu tadbirga taklif etib qolamiz.