O‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yadigan “Lokomotiv” futbol klubi yana bir titul homiyga ega bo‘ldi.
“Lokomotiv” PFK O‘zbekistonda “GM Uzbekistan” avtomobillarini sotish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yetakchi avtomarkazlardan biri “Driver‘s Village” MChJ avtosalonlar markazi bilan hamkorlik shartnomasi imzoladi.
Endilikda “Driver‘s Village” ham klubning biznes hamkorlaridan biri hisoblanadi. “Lokomotiv” PFK marketing ishlari bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari Shohruh Hojimetov bu haqda shunday dedi: “Ma’lumki, klubimiz har doim o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yib kelmoqda. “Driver‘s Village” MChJ avtosalonlar markazi bilan hamkorlik shartnomasi imzolash kelajak sari tashlangan katta qadamlardan biri. O‘ylaymizki, ushbu kelishuvdan har ikki tomon manfaatdor bo‘ladi”.