Futzal. 3-turning ikkinchi kunida g’alaba

Bugun futzal bo’yicha O’zbekiston chempionatining 3-turi 2-kungi uchrashuvlari o’tkazildi.

Kun doirasida “Lokomotiv” futzalchilari “Navbahor”ga qarshi bahs olib bordi va unda yirik hisobda g’alabaga erishdi. Jamoamiz tarkibidan gollarni Ilhom Karimov, Jamoliddin Sharipov, Sarvar Shoahmedov kiritdi.

NAVBAHOR — LOKOMOTIV 1:4
Gollar: G’ulom Mamajonov (36) — Ilhom Karimov (19), Jamoliddin Sharipov (21 penaltidan). Sarvar Shoahmedov (23, 36)

Jamoamizning navbatdagi uchrashuvi 31-avgust kuni “Qo’qon-1912″ga qarshi o’tkaziladi. Bahs soat 10:00da “O’zbekiston” sport majmuasida start oladi.