Dilshod Nuraliyev “Lokomotiv” bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi 🚂

Kecha “Lokomotiv” PFK rahbariyati qaroriga koʻra, asosiy jamoamiz bosh murabbiyi Andrey Fyodorov isteʼfoga chiqarilganini xabar bergandik. Bugun rahbariyat futbolchilar bilan uchrashib, shu paytgacha “Lokomotiv” U-21 jamoasini boshqarib kelgan Dilshod Nuraliyev asosiy tarkib bilan ishlashini maʼlum qildi.

Bugundan Dilshod Joʻrayevich “Lokomotiv” bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi lavozimida ish olib boradi. Olmaliq shahridagi OKMK stadionida boʻlib oʻtadigan “Lokomotiv” – “Qoʻqon-1912” bahsida “temiryoʻlchilar”ni malakali murabbiy, bir necha oʻnlab shogirdlar ustozi Dilshod Nuraliyev boshqaradi. Bugungi oʻyinda jamoamizga omad tilab qolamiz! 👏