Bugun PFL Superliga klublari rahbarlari hamda bosh murabbiylari ishtirokida yigʻilish oʻtkazdi. Yigʻilishdan koʻzlangan maqsad, Superliganing navbatdagi tur oʻyinlarini qay tarzda davom ettirish boʻldi.
Buyogʻiga toʻxtab qolgan Superliganing 10-13 turlarini markazlashgan holda oʻtkazishga kelishib olindi va qolgan oʻyinlar uchun yangi taqvim eʼlon qilindi. Shunday qilib navbatdagi toʻrtta turni asosiy tarkib jamoalari tabiiy, U-21 jamoalari esa sunʼiy maydonlarda oʻtkazadi.
🚂 “Lokomotiv”ning keyingi oʻyinlari taqvimi quyidagicha koʻrinish oldi:
⚽️ 10-tur. 17-avgust, dushanba
AGMK – “Lokomotiv”
⚽️ 11-tur. 21-avgust, juma
“Lokomotiv” – “Qoʻqon-1912”
⚽️ 12-tur. 24-avgust, dushanba
“Paxtakor” – “Lokomotiv”
⚽️ 13-tur. 27-avgust, payshanba
“Lokomotiv” – “Nasaf”