🚂 “Lokomotiv” PFK barcha temiryoʻlchilarni kasb bayrami bilan qutlaydi!

Bugun Oʻzbekiston temir yoʻllari sohasida faoliyat yuritayotgan mehnatkashlar oʻz kasb bayramlarini nishonlamoqda.

“Lokomotiv” PFK oʻzbekistonlik temiryoʻlchilarni bugungi kasb bayramlari bilan tabriklaydi. Oʻzbekiston temir yoʻllari – yurtimiz iqtisodiyotining “qon-tomiri”. Mamlakatimiz iqtisodiyoti yanada rivoj topishida Oʻzbekiston temiryoʻlchilarining qoʻshayotgan hissasi beqiyosdir.

Zero aholining bir manzildan ikkinchisiga yetib olishida, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan tovar hamda mahsulotlarning xorij davlatlariga eksport qilinishida Oʻzbekiston temir yoʻllari eng asosiy transport vazifasi hisoblanadi.

Kasb bayramingiz muborak boʻlsangiz, aziz temiryoʻlchilar! 👏