Bugun Coca Cola Oʻzbekiston Kubogi-2020 musobaqasiga qurʼa tashlandi. Unga koʻra 16ta jamoa toʻrttadan toʻrt guruhga boʻlib chiqildi.
🚂 “Lokomotiv” “C” guruhidan joy oldi va jamoamiz guruh bosqichida “Buxoro”, “Shoʻrtan” va “Soʻgʻdiyona”ga qarshi bahs olib boradi.
✅ Shu aytish lozim, musobaqa reglamentiga binoan guruh oʻyinlari bitta uchrashuvdan iborat boʻladi.
Jamoamiz Oʻzbekiston Kubogi-2020 guruh bosqichida bir bor uyda oʻynab, ikkita uchrashuvni safarda oʻtkazadi
⚽️ 1-tur. “Lokomotiv” – “Soʻgʻdiyona”
⚽️ 2-tur. “Shoʻrtan” – “Lokomotiv”
⚽️ 3-tur. “Buxoro” – “Lokomotiv”