⚽️ Bugun futbol. “Bunyodkor” – “Lokomotiv” 🚂💪

Bugun Coca Cola Superligasining 6-tur bahslariga start beriladi. 👇

👉🏿 Karantindan soʻng dastlabki ikki turda magʻlubiyatga uchragan “Lokomotiv” safarda “Bunyodkor” mehmoni boʻladi. Turnir jadvalida “Bunyodkor” 9 ochko bilan 6-oʻrinni egallab turibdi. «Loko» hisobida esa 6 ochko bor va “temiryoʻlchilar” 10-oʻrinda borishyapti.

👉🏿 Oʻtgan ikki turda “Bunyodkor” ikki xil natija qayd etdi. Vadim Abramov shogirdlari dastlab “Qoʻqon-1912” ustidan 1:0 hisobida zafar quchib, soʻngra “Paxtakor”ga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

👉🏿 “Lokomotiv” esa kutilmaganda oxirgi ikkala oʻyinda yutqazib qoʻydi. Andrey Fyodorov shogirdlari “Metallurg” bilan kechgan bahsda 0:3 va “Soʻgʻdiyona”ga qarshi oʻyinda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

👉🏿 Mavsum boshidan beri “Bunyodkor” uchta oʻyinda gʻalaba qozondi. “Qaldirgʻochlar” oʻz uylarida “Mashʼal” va “Qoʻqon-1912” hamda safar bahsida “Surxon”ni magʻlub etishdi.

👉🏿 «Loko» hisobida hozircha ikkita gʻalaba bor. Jamoa karantingacha oʻz maydonida “Andijon” va “Navbahor”ni magʻlub etgandi. Bugungi oʻyinda jamoalar imkoniyatini teng baholasa boʻladi. Bugun Vadim Abramov sobiq jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

P.S. Soat 20:15da boshlanadigan uchrashuvni “Sport” telekanalida toʻgʻridan toʻgʻri kuzatib boring. 😷📺