Coca Cola Superligasi 3-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Buxoro” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida buxoroliklar ustozi Muxsin Muxammadiev qatnashdi.
– Birinchi bo‘limni butunlay yomon o‘tkazdik. Bu men uchun ham topishmoq. Penalti bor edi. Shundan keyin o‘yin sindi. Keyin esa majburiy bo‘lmagan golni o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda yigitlar o‘ynashdi, ko‘plab vaziyatlar yaratishdi. Hozircha ishlarimiz o‘xshamayapti. Bu futbol, shunday bo‘lib turadi. Ketma-ket 3 o‘yinda 3tadan gol qo‘yib yuboryapmiz. Bunga o‘zim ham tushunmayapman. Bu juda katta muammo.
– Balki “Buxoro”da moliyaviy tomondan muammolar bordir.
– Yo‘q, bunday muammo yo‘q. Bu borada hozircha barchasi joyida. Biz buncha ko‘p gol o‘tkazib yubormasligimiz kerak edi. Birinchi, ikkinchi, uchinchi marta 3:0 hisobida yutqazdik. Ko‘plab xatolikka yo‘l qo‘ymoqdamiz. Yutish uchun gol urish kerak. Vaziyatlar bor, biroq gol urishda oqsayotganimiz asosiy kamchiligimiz bo‘lmoqda.
– Nima deb o‘ylaysiz, jamoa nima sababdan uchtadan gol o‘tkazib yuboryapti?
– Bu men uchun ham topishmoqdek. O‘zim ham sababini tushunmayapman.
– O‘tgan 3 o‘yindan qaysi biri eng qiyini bo‘ldi?
– Barchasi qiyin bo‘ldi. “Paxtakor”ga qarshi o‘yinda yaxshi himoyalangandik. Keyinchalik raqib o‘yin qoidasini buzib, gol urdi. Keyin esa penal’tidan gol qabul qilib oldik. Bu yerda ham penaltidan boshlandi. Balki ruxtiy tomondan muammolarga yo‘l qo‘yayotgandirmiz.
– Bir vaqtlar bir murabbiy jamoa ketma-ket uch o‘yinda mag‘lub bo‘lsa, murabbiylar shtabi aybdor deb aytgan.
– Balki shundaydir. Buni ko‘rib chiqish kerak. Endi oldindagi barcha o‘yinlarda qattiq kurashib, g‘alabaga erishishga intilamiz.