“Lokomotiv”ning yangi legioneri Slavko Damyanovich klub matbuot xizmatiga jamoaga oʼtgani haqida gapirdi.
– Bunga qadar faoliyatim davomida Yevropa ligasi hamda Yevropa chempionlar ligasi saralashlarida qatnashganman. Yashil qitʼadan keyin “Lokomotiv” safiga oʼtdim. Bundan xursandman.
Mening sobiq jamoam birinchi davradan keyin 8 ochko farq bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgandi. “Buduchnost” bilan Chernogoriya chempionatidagi 19 oʼyinning 14tasida gʼalabaga erishgandik.
Bir kuni agentim qoʼngʼiroq qilib, meni “Lokomotiv” oʼz safiga chorlayotganini aytdi. Garchi chempionatda peshqadamlik qilayotganimizga qaramay, yuqori saviyada oʼtkazayotgan ligamizni tark etishni va oʼz davlatimni oʼzgartirib, boshqa davlat futboli ob-havosidan nafas olgim keldi. Аgentimga rozilik berdim. Osiyo mintaqasida oʼynab, Osiyo chempionlar ligasida Oʼzbekiston jamoasi sharafini himoya qilishni istadim.
“Istiqlol”ga qarshi oʼyin ogʼir oʼtdi. Oʼz maydonimizda alamli tarzda magʼlub boʼldik. Biroq bu futbol. Muxlislar “Lokomotiv”dan gʼalabali oʼyinlarni talab qilishlari tabiiy. Jamoa bunga oʼrgatib qoʼygan. Shu boisdan mavsumni yuqori notada oʼtkazish uchun bir oy davomida qattiq tayyorgarlik koʼrdik. Endi ligada birinchi oʼrinni olish uchun oʼynaymiz.
Jamoaga koʼnikish jarayoni ancha tezlik bilan davom etmoqda. Jamoadagilar meni oʼz oilasidagidek kutib olishdi. Shuningdek, Toshkent ham juda chiroyli shahar ekan. “Lokomotiv”dagilar bir oila boʼlib oldik. Endi barchamiz bir maqsad yoʼlida birlashamiz.