Bugun TTYMI stadionida ‘Lokomotiv’ va ‘Buxoro’ klublari o’rtasida o’rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi. Aytish joizki, mazkur bahsda ‘temiryo’lchilar’ asosan ikkinchi tarkib bilan harakat qilishdi.
OChL pley-off bosqichidan o’rin olgan ‘Istiqlol’ga qarshi o’yindan so’ng jamoamiz bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o’yinni boshlang’ich tarkibda o’tkazgan futbolchilarga dam berishga qaror qildi.
Shu bois ‘Buxoro’ga qarshi avvalgi bahsda zaxiradan tushgan, shuningdek boshqa futbolchilar harakat qildi. ‘Buxoro’ esa o’zining asosiy tarkibi bilan to’p tepdi.
Uchrashuvning birinchi taymida hisob ochilmadi. Tanaffusdan so’ng buxoroliklar ikkita gol urishdi. 49-daqiqada Behruz Sa’dilloev hisobni ochgan bo’lsa, 88-daqiqada Jasur Hasanov penaltidan to’p kiritdi.
O’rtoqlik uchrashuvi. 23 yanvar
‘Lokomotiv’ – ‘Buxoro’ 0:2
‘Lokomotiv’: Javohir Ilyosov, Jaloliddin Jumaboyev, Sherzod Fayziyev, Dilshod Komilov, Javohir Alijonov, Shahzod Shaymanov, Avazbek O’lmasaliyev, Komron Saydazimov, Ibrohim G’anixonov, Abdul Aziz Yusupov, Temurxo’ja Abduxoliqov.
Zaxiradan tushganlar: Rustam Nartajiev, Asadbek Ergashev.