OChL saralashi doirasida “Lokomotiv” – “Istiqlol” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmon jamoa bosh murabbiyi Mubin Ergashev qatnashdi.
– Oʼyin tomoshabop oʼtdi, muxlislarni soʼnggi soniyalarga qadar hayajonda ushlab turdi. Menimcha barcha mening ushbu fikrlarimga qoʼshiladi. Shuningdek, ushbu gʼalaba zamirida Vitaliy Levchenko boshchiligidagi murabbiylar shtabining katta mehnati ham yotibdi. Ularga rahmat aytaman. Keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandman. “Lokomotiv” ham yaxshi jamoa, ammo bu futbol. Biz bugun ikkinchi raqamda oʼynadik va barchasi rejamiz boʼyicha kechdi. “Lokomotiv” paslar, uzun va qisqa toʼp oshirishlarida anchagina faol boʼldi va toʼpni ushlab turdi. Biroq biz vaziyatdan unumli foydalana oldik.