Namangan shahrida “Vodiy Super Cup-2019” musobaqasi start oldi.
Qayd etish kerak, 16 jamoa 4 guruhga bo‘lingan holda musobaqa g‘olibligi uchun kurash olib borishmoqda. Sunnatillo Abdurasulov boshchiligidagi 2007-yilda tug‘ilgan futbolchilarimiz o‘z guruhida Namangan FA (Namangan), Surxondaryo FA (Termiz) va ROZSK (Toshkent) jamoalari bilan pley-off yo‘llanmasi uchun bahslashishadi.
Turnirning 1-turida futbolchilarimiz 16-BO‘SM jamoasiga qarshi bahs olib borishdi va yirik 7:1 hisobida g‘alabaga erishishdi.
2-turda esa Surxondaryo FA jamoasiga qarshi maydonga tushgan futbolchilarimiz 2:2 hisobida durangni qayd etishdi. Endi yosh tarbiyalanuvchilarimiz ertaga Namangan FA jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.