Bugun poytaxtimizdagi “Oʼzbekiston” sport majmuasida futzal boʼyicha Oʼzbekiston chempionati chorak final ikkinchi oʼyinlar boʼlib oʼtdi. Unda “Lokomotiv” futzalchilari “Nasaf”ga qarshi parketga chiqishdi. Qayd etish kerak, dastlabki uchrashuvda 3:2 hisobida gʼalabaga erishgan futzalchilarimiz ikkinchi oʼyinda magʼlub boʼlishdi.
Uchrashuvning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlangandi. Qoʼshimcha boʼlimlardan keyin esa hisob 4:8ni tashkil qildi.
Ertangi oʼyinlardan keyin chorak final uchrashuvlari yakuniga yetadi.