O’zbekiston olimpiya terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiada o’yinlariga yo’llanma beradigan Osiyo chempionati final bosqichi o’yinlariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Shu boisdan olimpiyachilarimiz 28-avgustdan 10-sentyabrga qadar Toshkent shahrida yig’in o’tkazadi va Eron olimpiya terma jamoasi bilan o’rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishadi. Qayd etish kerak, ushbu yig’inga “Lokomotiv” yarim himoyachisi Azizbek Amonov ham chaqiruv oldi.