Oʻzbekistonning 3 karra chempioni “Lokomotiv” klubi nikaragualik futbolchi Ariagner Smit Medina bilan kelishuvga erishdi.
Coca Cola Superliganing 1-davrasida “Qizilqum” tarkibida ajoyib oʻyinlar namoyish qilib, muhlislar olqishiga sazovor boʻlgan 20 yoshli hujumchi ikkinchi davrani “Lokomotiv” tarkibida oʻtkazadi.
Maʼlumot uchun
Toʻliq ismi: Ariagner Stiven Smit Medina
Tugʻilgan sanasi: 1998-yil 13-dekabr
Tugʻilgan joyi: Somoto, Nikaragua
Pozitsiyasi: hujumchi
Klublardagi faoliyati:
2014-2018-yillar “Real Esteli” (Nikaragua) – 41 oʻyin (1918 daqiqa), 8 gol (6 assistentlik)
2018-yil “Spartak Yurmala” – 12 oʻyin (519 daqiqa), 1 gol (3 assitentlik)
2019-yil 1-davra “Qizilqum” 11 oʻyin (862 daqiqa), 3 gol (2 assistentlik)