Oʻzbekiston Liga Kubogining 3-turi doirasidagi “Paxtakor” – “Lokomotiv” (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Samvel Babayan oʻz fikrlarini bildirdi.
– “Paxtakor”ni keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. “Qoʻqon-1912” va “Paxtakor”ga Liga Kubogida maksimal natijaga erishishlarini tilayman.
Bugun tarkibimizda yoshlar koʻp edi. Ushbu ligada yoshlarimizni sinab oldik. Bugun mahorat bobida raqibga yutqazdik, ammo kurashishda raqiblardan kam boʻlmadik. “Lokomotiv” yoshlar jamoasi U-21 Birinchiligida peshqadamlik qilmoqda, biroq Azizbek Amonovni hisobga olmaganda hech kim olimpiya terma jamoasiga chaqiruv olmagani qiziq.