“Lokomotiv” – “Al Rayyan” uchrashuvi yakunlanganidan keyingi matbuot anjumanida “temiryoʻlchilar” bosh murabbiyi Andrey Fyodorov hamda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Timurxoʻja Abduxoliqov ishtirok etdi.
– Birinchi navbatda “Lokomotiv”ning barcha muxlislarini gʻalaba bilan tabriklayman. Hozirgi holatda bu oʻyin bizga hech nima bermasdi, buni kecha ham taʼkidlagandim. Oz boʻlsada muxlislar kelganiga rahmat. Kecha menga bu oʻyin deyarli oʻrtoqlik maqomida oʻtishini va qanday qilib futbolchilarga ishtiyoq berishimni aytishgandi. Bu oʻrtoqlik oʻyini emas! OCHL oʻyinlari koʻp boʻlmaydi. Ha, oʻyin juda yomon boshlandi. Maʼmurning bu xatosini uning oʻyin amaliyoti kamligi bilan bogʻlagan boʻlardim. Asosiysi, taslim boʻlmadik va asabiylashmaslikka intildik. Tanaffusda futbolchilarga xotirjam boʻlish kerakligini aytdim. Ikkinchi boʻlim boshidan, balki butun bir taym davomida oʻyinni nazorat qildik va hujumlarni ajoyib yakunlay oldik. Bu esa gʻalabaga olib keldi. Yigitlarning gʻalabaga chanqoqligi yuqori edi. Ha, bunga qadar koʻplab xatolarga yoʻl qoʻydik. Gʻalaba 3 ochkodan boshqa hech nima bermasligini barcha bilsa ham, futbolchilarga gʻalaba qozonish shart ekanligini va oʻzimizni yoʻqotib qoʻymasligimizni, Har doimgidek oʻynash kerakligini tushuntirdim. Ayta olamanki, bugun kamroq xato qildik.
Timurxoʻja Abduxoliqov: – Toʻgʻri, gʻalaba hech nimani hal qilmasdi. Ammo Gʻalaba har doim yaxshi hissiyotlar beradi. Oʻyinga keladigan boʻlsam, 2:0dan keyin uygʻondik, qaytishga harakat qildik. Unga qadar biz konsentratsini yoʻqotib qoʻydik. Albatta, keyinchalik oʻzimizga kelib, ketma ket gollar urdik.
– OCHLning ushbu mavsumida 5ta gol urdingiz. Xoʻsh, xalqaro maydondagi oʻyiningizdan qoniqdingizmi?
5ta gol urasizmi, 10ta urasizmi buning farqi yoʻq. Guruhdan chiqish kerak edi. 2016 yilda 3ta gol urgan boʻlsak ham, guruhdan chiqqandik. Bu mavsum esa vazifa bajarilmadi.