Bugun ayollar futboli boʻyicha Oʻzbekiston XXV chempionatining 5-tur bahslari boʻlib oʻtadi. Farhod Murotov bosh murabbiylik qilayotgan “Lokomotiv-W” qizlar jamoasi oʻz maydonida Fargʻonaning “Neftchi-W” ayollar klubini qabul qiladi. Bu “Lokomotiv-W”ning oʻz maydonidagi ilk uchrashuvi boʻladi.
“Doʻstlik” stadionida boʻlib oʻtadigan bahs soat 16:00da boshlanadi. Maʼlumot uchun, ayollar futboli boʻyicha Oʻzbekiston chempionati bu yil jamoalarni ikki mintaqaga boʻlgan holda oʻtkazilmoqda. “Lokomotiv-W” Sharq mintaqasida ishtirok etyapti.
Qizlarimiz mavsum boshidan beri chempionatda uchta oʻyinda maydonga tushib quyidagi natijalarni qayd etishdi.
1-tur. “Paxtakor-W” – “Lokomotiv-W” 0:0
2-tur. “Metallurg-W” – “Lokomotiv-W” 5:1
3-tur. “Bunyodkor-W” – “Lokomotiv-W” 2:0
Eslatma: Sharq mintaqasida jamoalar soni 7ta boʻlgani uchun “Lokomotiv-W” 4-turda dam olgan.