Jamoamiz bosh murabbiyi Mirko Yelichichning OKMKga qarshi o’yindan keyingi fikrlari.
– Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Ikkala jamoa ham ochiq va oxirigacha o‘ynashga harakat qildi. Himoyada yotib olmay, hujumni o‘ylaydigan jamoalarning borligi ham yoqimli. Ikki golni standartdan keyin qo‘yib yuborish esa yoqimsiz. Biroq bu o‘yinimiz bilan yana bir golga loyiq edik, lekin bugun unday bo‘lmadi.
– Bugun “Lokomotiv” uch markaziy himoyachi bilan o‘ynadi. Biroq gollar standartlardan keyin o‘tkazib yuborildi. Anzur Ismoilov, Aleksandr Shushnyar va Oleksandar Kucherenkoni ko‘ryapmiz, bo‘yi uzun yaxshi himoyachilar ekan. Lekin bu gollarning sababi nimada? Tig‘iz taqvimmi yoki e’tiborsizlik?
– Standartlar bo‘yicha ishlash qiyin. Barchasini mikrovaziyatlar hal qiladi. To‘p soniyaning uchdan birida yetib keladi va tezda qaror chiqarish qiyin. OKMK esa standartlardan yaxshi uzatmalar amalga oshirmoqda va bu ishni ular anchadan beri to‘g‘ri ishlar qilishmoqda. Bizda esa… Biznikilar ham vaziyatlarni bartaraf qilishlari kerak. Tarkibimizda 4-5 nafar bo‘yi uzun futbolchilar bor. Bunday uzatmalardan 100tasini amalga oshirsangiz ham qaytarishlari mumkin, ammo bugun gollar urildi. Bunday gollarni qo‘yib yuborganimiz afsuslanarli. Taxlil qilib chiqamiz va nimalarni o‘zgartirish kerakligini ko‘rib chiqamiz.

