Jamoamiz bosh murabbiyi Mirko Yelichichning “Navbahor”ga qarshi o’yindan keyingi fikrlari.
– Istalgan odam bu o‘yinni ko‘rsa, ha ikki gol urib, oson yutibdi deyish mumkin. Bu o‘yinni taxlil qilish qiyin. Jamoamdan minnatdorman. Ular yaxshi kurashishdi. Bizga shunchaki vaziyatlardan foydalanish yetishmayapti. Bu borada ishlashimiz kerak. Bunda odam ham kerak. Lekin o‘yin bobida ko‘plab ijobiy holatlarni ko‘rdim. Bularning ichida faqatgina natija qoniqarli bo‘lmadi.
– “Navbahor” ikki gol urib olgandan keyin e’tiborni himoyaga qaratdi. Tabiiyki “Lokomotiv” hujumkorlikni oshirdi. Menimcha bugun jamoa hech bo‘lmaganda bir golga loyiq edi. Bu gol uchun nima yetishmadi?
– Mashg‘ulotda gol ursangiz, bu o‘yinda ham bo‘ladi degani emas. Menga himoyadagi to‘p bilan o‘yinimiz ma’qul kelgan bo‘lsa, to‘psiz o‘yinimiz yoqmadi. Ikkita xatoga yo‘l qo‘ydik va bu o‘yin taqdirini hal qildi. Bu o‘yinning boshidayoq bo‘lgani afsuslanarli holat. “Navbahor” futbolchilarida tezlik bor va ular bundan foydalanishlari kerak. Balki bu ba’zan zararga ham ishlashi mumkin. Ular har bir o‘yinning boshlanishini shunday o‘tkazishmoqda. O‘zimizga keladigan bo‘lsak, biz to‘pni ushlab turish orqali o‘yinni nazorat qilishni istaymiz. Raqib himoyaga yotib olar ekan, bu bizga qiyinchilik tug‘diradi. Bu holatni ham ko‘rib chiqish kerak.

