Jamoamiz bosh murabbiyi Mirko Yelichichning “Dinamo”ga qarshi o’yindana keyingi fikrlari.
– Temurxo‘ja Abduxoliqov o‘tgan yili “Bunyodkor”da o‘ynaganida ham Samarqandda ikkita gol urgandi. Siz buni ham hisobga olganmidingiz?
– U hozir yaxshi jismoniy holatda. Odatda men bunday statistikalarni kuzatmayman. Temurxo‘ja tajribali hujumchi va bunday holatlarda nimalar qilish kerakligini biladi. U bugungi bosimga boy o‘yinda ham o‘zini ko‘rsata oldi. U shu yoshida ham shunday tempda o‘ynayotgani tahsinga loyiq.
– “Dinamo”ning golida “Lokomotiv” futbolchilari nimani talab qilishdi? Ular rostdan ham halol o‘yinni so‘rashganmidi?
– Hattoki zaxirada o‘tirgan futbolchilar ham feyr-pleyga amal qilishlari kerak. Bunday holatda hakam o‘yinni to‘xtatishi kerak edi. Bu paytda istalgan futbolchi to‘xtab qolardi.

