Anvar Rahimov – “Lokomotiv” U21 jamoasi bosh murabbiyi! ✔️

“Lokomotiv” U21 jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

Klubimiz rahbariyati yangi mavsumda yoshlarimizni boshqarishni Anvar Rahimovga ishonib topshirdi.

Ma`lumot uchun, Anvar Rahimov o’tgan mavsumda “Bunyodkor” U21 jamoasini boshqarib, jamoani 6 yillik tanaffusdan so’ng medal sari yetakladi va kumush medallarga ega chiqdi.

Anvar Rahimovga “Lokomotiv”ga xush kelibsiz deymiz va yangi mavsumda g’alabalar tilab qolamiz!