“Lokomotiv” yangi mavsumga tayyorgarlikni uch bosqichda olib boradi.
5-27-yanvar kunlarida jamoamiz Toshkentda ilk bosqichni o’tkazadi. Ikkinchi bosqich esa 28-yanvar – 18-fevral kunlarida Turkiyaning Antaliya shahrida o’tkaziladi. Uchinchi bosqich o’z qarorgohimizda davom ettiriladi.
Ushbu yig’inda jamoamiz 9 nazorat uchrashuvida qatnashadi. Hozircha raqiblardan 4 tasi aniq:
1-fevral | “Lokomotiv” – “Qiziljar” (Qozog’iston)
4-fevral | “Lokomotiv” – “Bihor” (Ruminiya)
7-fevral | “Lokomotiv” – “Opava” (Chexiya)
12-fevral | “Lokomotiv” – “Samgurali” (Gruziya)
Qolgan raqiblar borasidagi ma`lumotlar keyinroq ma`lum qilinadi

