Klubimiz tarixidagi eng muvaffaqiyatli yarim himoyachilardan biri Sardor Mirzayev yana biz bilan.
2014-2019-yillar davomida 6 mavsumda 166 o’yinda qatnashib, 36 gol va 11 assist qayd etgan yarim himoyachi yangi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qiladi.
Sardor Mirzayev 2020-yilda Tailandning “Muangtong Yunayted” jamoasiga ko’chib o’tgan va ushbu jamoa tarkibida u 91 bahsda 29 gol va 18 assist qayd etgandi.
O’tgan mavsumni esa OKMK jamoasi tarkibida o’tkazdi.
“Lokomotiv”ga qaytish muborak, Sardor Mirzayev!


