O’tgan mavsumda Belarus chempionatida bronza medallariga ega chiqqan 25 yoshli yarim himoyachi Nikolay Ivanov jamoamiz a`zosiga aylandi.
Belarussiyaning “Slaviya” jamoasi tarkibida 31 o’yinda 7 tadan gol va assist qayd etgan markaziy yarim himoyachi, shuningdek, chempionatda vaziyat yaratish bo’yicha (36 golli vaziyat) 5-o’rinda bo’lgan Nikolay Ivanov yangi mavsumni “Lokomotiv” tarkibida o’tkazadi.
Qizig’i shundaki, Nikolay Ivanov Rossiya futboli tarixida eng tezkor gol muallifi hisoblanadi. U 2024-yilda “Mashuk” jamoasi tarkibida “Ximki” darvozasini 4-soniyadayoq ishg’ol qilgan.
“Lokomotiv”ga xush kelibsan, Nikolay Ivanov!


