Superliganing yangi mavsumiga jiddiy hozirlik qilayotgan “Lokomotiv” tarkibiga Sunnatilla Poyonovni qo’shib oldi.
Yakunlangan mavsumda “Surxon” tarkibida 24 o’yinda qatnashib, 1 bora raqiblari darvozasini ishg’ol qilgan himoyachi yangi mavsumda “Lokomotiv” sharafini himoya qiladi. U O’zbekiston U20 termasida4 uchrashuvda ishtirok etgan.
💥 Biz Sunnatilla Poyonovga yangi mavsumda omad tilagan holda “temiryo‘lchilar” safiga xush kelibsan deb qolamiz.💪


