Muhriddin Zoirov: “Keyingi yil Superligada ham to’purar bo’lishga harakat qilaman”

Jamoamiz hujumchisi Muhriddin Zoirov klub matbuot xizmatiga mavsum yakunlari haqida fikr bildirdi.

Mavsum yakunlari haqida. Bu mavsum biz uchun kutilgandan qiyinroq oʻtdi. Bunga nima sabab deb oʻylaysiz?

Avvalambor hammaga assalomu alaykum. Mavsumga keladigan bo’lsak, biz uchun qiyin bo’lganibarcha raqiblarLokomotiv”ga qarshi yuqori kayfiyatda o’zini ko’rsatish uchun maydonga tushishadi. Shu sababli biz uchun har bir o’yin, mavsum qiyin o’tdi. Chunki “Lokomotiv” oddiy jamoa emas, barcha jamoalar ushbu jamoaga qarshi bor kuchi bilan harakat qiladi.

Mavsumning ikkinchi qismi oldidan bosh murabbiy oʻzgarganidan keyin sizdagi sermahsullik oshib ketdi. Bu aynan murabbiylar oʻzgarishi bilan bogʻliqmi?

Murabbiylarda bo’lgan o’zgarish men va jamoaning maqsadini o’zgartirmadiSuperligaga chiqish. Muhimi biz buni uddaladik. Vazifamgol urish. Men shunga harakat qildim va buni uddaladim.

Bu mavsumda nechta gol urishni maqsad qigandiz? Mavsumdagi natijalarizdan qoniqish hosil qildizmi?

Urgan gollarimga kelsak, barchasi onamning duolari va Allohdan. Yuzim yorugbo’ldi, jamoani uyaltirib qo’ymadim. Barchasidan xursandman.

Keyingi mavsumdagi maqsadlar qanday?

Yangi mavsumga ham tayyorgarlikni kuchlilashtirib, Superligada ham to’purar bo’lishga harakat qilaman, yuqorida aytganimdekbarchasi onamning duolari va Allohdan. Men o’z mehnatimni qilishda davom etaman va jamoam bilan yuqori o’rinlarni egallashga harakat qilaman. Keyingi mavsumda barchasi yaxshi bo’ladi deb o’ylayman.