Pro-liganing 18-turi doirasida “Jayxun” – “Lokomotiv” uchrashuvidan keyin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Mirko Yelichich matbuot anjumanida qatnashdi.
– O‘yin oson o‘tmasligini oldindan bilardik. Jamoaning kayfiyati yaxshi edi. “Jayxun”ning o‘yinlarini ko‘rgandik, ular qanday harakat qilishlarini taxlil qilgandik. Pro-ligadagi birinchi mavsum uchun o‘yinlar yomon emas. Mashg‘ulotlarda yigitlarga ularning o‘yinlarini yaxshi ekanligini, iqtidorli futbolchilarini tushuntirgandim. “Jayxun” futbol o‘ynashga harakat qilmoqda, bu taxsinga sazovor.
– Bugun “Jayxun” futbolchilariga nima bo‘ldi deb o‘ylaysiz?
– “Lokomotiv” tarkibida tajribali futbolchilar ko‘p. “Jayxun”da bosim yo‘q, ular bemalol bosimsiz futbol o‘ynashlari mumkin. Bizda esa oldimizga qo‘yilgan vazifa bor va bu futbolchilarni biroz bosim ostiga qo‘ymoqda. Umuman olganda “Jayxun” yaxshi jamoa, ular bugun yomon o‘ynagani yo‘q.
– 4:0 hisobidan keyin “Lokomotiv” bo‘shashib qoldi.
– Pro-ligada o‘yinlar ko‘p emas. Bunday paytda futbolchilarni doim ham almashtira olmaymiz va barqarorlikni ushlash ham qiyinroq. 4:0dan keyin kam o‘yin amaliyotiga ega futbolchilarni maydonga tushirdik. Ular mavsum davomida ko‘p ham o‘ynagani yo‘q. Va albatta, 4:0dan keyin fikrlash ham o‘zgaradi va odam bo‘shashadi.

