Marat Bikmayev – “Lokomotiv” U-19 jamoamiz bosh murabbiyi!

“Lokomotiv” U-19 murabbiylar shtabida o‘zgarish ro‘y berdi.

Ushbu mavsum U-19 jamoamizni boshqargan Sadriddin Abdullayev asosiy jamoa murabbiylar shtabiga o‘tishi munosabati bilan shu paytgacha Birinchi ligadagi farm klubimizda ishlab kelgan Marat Bikmayev “Lokomotiv” U-19 bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Ayni paytda U-19 futbolchilarimiz Marat Bikmayev qo‘l ostida mavsumning ikkinchi yarmiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Marat Rifkatovichga yangi lavozimda omad tilab qolamiz.