Asosiy jamoamiz murabbiylar shtabi bilan hamkorlik tugatildi

Proliga ikkinchi davra bahslari o‘z nihoyasiga yetdi. “Lokomotiv” PFK rahbariyati dastlabki ikki davra bo‘yicha asosiy jamoamiz ishtirokini tahlil qilgan holda murabbiylar shtabi bilan o‘zaro hamkorlikni tugatishga qaror qildi.

Shuningdek O‘zbekiston Kubogida guruhdan chiqa olmaganimiz ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib, bosh murabbiy Grigoriy Kolosovskiy va murabbiylar shtabi bilan shartnoma bekor qilindi.

Murabbiylar shtabiga o‘zaro hamkorlik uchun minnatorchilik bildirib, ularning kelgusi faoliyatiga omad tilaymiz.