⚽️ Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan U-17 Osiyo chempionatida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritdi.
⚽️ Ushbu musobaqada terma jamoamiz sharafini himoya qilgan “Lokomotiv” tarbiyalanuvchisi Muhammad Habibullayev ham chiroyli o‘yin namoyish etdi. 10-raqamda to‘p tepgan Habibullayev 10-raqamni kiyib o‘ynaydigan yulduzlardek o‘ynashga harakat qildi.
👉 Kecha bo‘lib o‘tgan o‘tgan “Lokomotiv” – “Olimpik Mobiuz” uchrashuvidan oldin klubimiz rahbariyati tomonidan chempion va uning oilasiga ehtirom ko‘rsatildi.
🚂 “Lokomotiv” PFK vise-prezidenti To‘labek Akramov Muhammadning bobosiga zarbof to‘n kiydirib, otasiga shunday o‘g‘il o‘stirgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

