🚂 🇹🇷 “Lokomotiv” Turkiyaga yo’l oldi

Bugun jamoamiz o’quv-mashg’ulot yig’inlarini olib borish uchun Turkiya Respublikasi sari yo’l olmoqda.

Yig’inlarda jamoamizning 24 futbolchisi ishtirok etadi. Qayd etish kerak, bunda 2010-yilda tug’ilgan “Lokomotiv” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi Abdulaziz Shukurov ham qatnashadi.

Darvozabonlar: Rahimjon Davronov, Danil Baklanov

Himoyachilar: Anzur Ismoilov, Momchilo Rasho, Davron Hoshimov, Bobir Asqarov, Shahzod G’ofurbekov, Abdulloh Yo’ldoshev, Xudoyshukur Sattorov, Ozodbek O’ktamov, Artyom Miftiyev, Vladimir Kozak, Og’abek Shomurodov

Yarim himoyachilar: Azamat Komilov, Levan Arveladze, Akaki Shulaya, Nikola Popovich, Xosrov Hananov, Abdulaziz Shukurov

Hujumchilar: Muhriddin Zoirov, Jasurbek Hakimov, Quvonchbek Abrayev, Shodiyor Shodiboyev, Sayiddin Mavlonov.

Oldinroq ma`lum qilinganidek, yig’inlarda jamoamiz 6 nazorat o’yini o’tkazadi va shulardan 4 o’yin aniq bo’lib ulgurgan:
8-fevral: “Lokomotiv” – “Ufa” (Rossiya)
11-fevral: “Lokomotiv” – “Kolxeti” (Gruziya)
17-fevral: “Lokomotiv” – “Telavi” (Gruziya)
20-fevral: “Lokomotiv” – “Sheriff” (Moldova)