2020-2021-yilgi mavsumni jamoamiz tarkibida o’tkazgan himoyachi Bobur Asqarov yana “Lokomotiv” a`zosiga aylandi.
O’tgan mavsum davomida “Surxon” sharafini himoya qilib, 19 o’yinda maydonga tushgan 25 yoshli futbolchi 2025-yilda “temiryo’lchilar” sharafini himoya qiladi.
Ma`lumot uchun, Bobur Asqarov 1999-yilning 9-fevralida tavallud topgan. Futbolchilik faoliyati davomida “Paxtakor”, “Xorazm” hamda “Surxon” jamoalari tarkibida faoliyat olib borgan.
🚂 “Lokomotiv”ga qaytish muborak, Bobur Asqarov!