“Lokomotiv” yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishda davom etadi.
ℹ️ O’tgan 4 mavsum davomida “Sho’rtan” tarkibida harakat qilgan va 91 o’yinda maydonga tushib, 36 marta raqiblari darvozasini ishg’ol qilgan mahoratli hujumchi Muhriddin Zoirov “Lokomotiv” a`zosiga aylandi.
1999-yilning 22-iyunida tavallud topgan futbolchi bunga qadar “Nasaf” va “Sho’rtan” jamoalarida faoliyat olib borgan.
Biz Muhriddin Zoirovga yangi mavsumda omad tilagan holda “temiryo‘lchilar” safiga xush kelibsan deb qolamiz.