🔥 Farhod Bekmurodov – “Lokomotiv” futbolchisi!

👉 Yangi mavsum oldidan “Lokomotiv” o‘z tarkibini yana bir tajribali futbolchi bilan to‘ldirdi. O‘tgan mavsumni “Anjijon” safida o‘tkazib, O‘zbekiston Kubogi sohibiga aylangan Farhod Bekmurodov klubimiz bilan shartnoma imzoladi.

✅ Ma’lumot uchun, Farhod Bekmurodov 1994-yil 8-oktyabrda tug‘ilgan. Markaziy yarim himoyachi ampluasida to‘p tepadi. Yana bir ma’lumot shuki, Bekmurodov 2018-yilgi mavsumni “Loko” tarkibida o‘tkazgan. Shundan so‘ng “Qo‘qon-1912”, “Metallurg” va “Andijon” klublarida faoliyat olib bordi.

⚽️ U futbolchilik faoliyati mobaynida Superligada 164ta uchrashuv o’tkazgan. O‘zbekiston Kubogi doirasida esa 14 bor maydonga tushgan.

💥 Biz Farhod Bekmurodovga yangi mavsumda omad tilagan holda 🚂 “temiryo‘lchilar” safiga xush kelibsan deb qolamiz.💪