👉 Yangi mavsum oldidan “Lokomotiv” o‘z safini yana bir iqtidorli futbolchi bilan to‘ldirdi. O‘tgan yilni “Metallurg” tarkibida o‘tkazgan Xudoyshukur Sattorov klubimiz bilan shartnoma imzoladi.
✅ Ma’lumot uchun, Xudoyshukur Sattorov 1998-yil 10-fevralda tug‘ilgan. Markaziy himoyachi ampluasida to‘p tepadi.
⚽️ Futbolchilik faoliyati davomida shu paytgacha Superligada 88ta o‘yin o‘tkazib, 3ta gol urgan. Qolaversa, O‘zbekiston Kubogi doirasida 11ta o‘yinda ishtirok etgan.
💥 Xudoyshukur Sattorovga bo‘lajak mavsumda omad tilagan holda 🚂 “temiryo‘lchilar” safiga xush kelibsan deb qolamiz.💪