Iqtidorli yarim himoyachi Lazizbek Mirzayev Ispaniyaning “Leganes” klubiga transfer qilindi.
Ma’lumot uchun, “Leganes” eng yuqori divizion La Ligada ishtirok etadi.
Lazizbek Mirzayev futboldagi ilk qadamlarini “Lokomotiv” futbol maktabida Saydullo Tursunov qo‘l ostida yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, o‘z yosh toifasida O‘zbekistondagi eng iqtidorli futbolchilardan biri hisoblanadi.
Uning O‘zbekiston U-17 terma jamoasida sardor sifatida harakat qilishi ham bejiz emas. Biz Lazizbek Mirzayevga minnatdorchilik bildirgan holda Ispaniyadagi faoliyatiga omad tilab qolamiz.