Shukron Yo‘ldoshev – “Lokomotiv” futbolchisi! ✅

“Lokomotiv” yangi mavsum oldidan o‘z tarkibini kuchaytirish maqsadida transferlarga kirishdi.

✍️ O‘tgan mavsum “Olimpik” sharafini himoya qilgan 22 yoshli darvozabon Shukron Yo‘ldoshev klubimiz bilan shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, Shukron Yo‘ldoshev 2002-yil 21-aprelda tug‘ilgan. Bungacha 2021-2024 yillar mobaynida “Olimpik” safida barcha musobaqalarda 29ta o‘yin o‘tkazgan.

☺️ Yosh posbon bundan buyon “temiryo‘lchilar” sharafini himoya qiladi. Shu o‘rinda Shukronga “Lokomotiv” oilasiga xush kelibsan deb qolamiz.