Tajribali darvozabon Abdumavlon Abdujalilov 4 yillik faoliyatdan so‘ng “Lokomotiv” bilan xayrlashdi.
O‘zPFL rasmiy sayti ushbu posbon “Bunyodkor” bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi. Abdumavlon Abdujalilov 2021 yil boshida jamoamiz safiga kelib qo‘shilgandi.
⚽️ O‘tgan to‘rt yillik faoliyat mobaynida u bir nechta o‘yinlarda jamoamiz darvozasini ishonch bilan qo‘riqladi. Statistikaga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Abdumavlon “Loko” tarkibida jami 80ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 91ta gol o‘tkazdi hamda 27 bellashuvda “quruq” seriya qayd etdi.
✅ Biz Abdumavlon Abdujalilovga “Lokomotiv”dagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib qolamiz.