Jamoamiz bosh murabbiyi “Metallurg”ga qarshi o’yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.
– Natijadan ham, o‘yin sifatidan ham mamnun emasman. Hujumda agressiv, ayyor bo‘la olmadik. Barchasini ko‘rib chiqamiz.
Biz 3 ochko olmadik va hali ham o‘z o‘rnimizdan ko‘tarilmadik. Yozgi transferlar oynasidagi ishlarimiz yomon bo‘lmadi. Biroq bugun o‘yinda ko‘pchilikning o‘yini chiqmadi, nafaqat hujumda, balki, umumiy ma’noda ham shunday. Biror kishini ajratib ko‘rsata olmayman, o‘yinda mashg‘ulotlardagi kabi bo‘la olmadik. Bunda gap futbolchilarning qanday darajadaligida emas, bu yerda boshqa savollar bor.
O‘yinning oxirida emas, ikkinchi bo‘lim boshida hisobni tenglashtirdik. Penaltidan urdik, penaltidan o‘tkazib yubordik. Raqib darvozasi tomon 5ta aniq zarba yo‘lladik. Butun o‘yin davomida bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynab, 5ta zarba yo‘llash – juda kam.