Nazorat oʻyinida “Al-Quvayt”ga magʻlub boʻldik

Turkiyada oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini olib borayotgan jamoamiz bugun “Al-Quvayt” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Unda quvaytliklar 2:1 hisobida gʻalabaga erishdi. Jamoamiz tarkibidan golni Quvonchbek Abrayev kiritdi.

Bahs jamoamiz uchun omadsiz oʻtdi. Sardor Abdunabiyev penaltidan foydalana olmadi. Raqiblar esa kam sonli vaziyatlaridan foydalanib ketishdi.