“Qizilqum”ga qarshi o’yindan keyin jamoamiz katta murabbiyi Aleksandr Stoymirovich matbuot anjumanida qatnashdi.
– Eng avvalo aytishim kerakki, chempionat doirasida uch o‘yindan keyin tanaffusni o‘tkazib, uzoq yo‘lga chiqdik. Shu sababli bo‘lsa kerak, o‘zimiz istagan 3+2 taktikasida o‘ynay olmadik. Ba’zida raqiblar bizga tezroq o‘yin ko‘rsatishga imkoniyat berdi. Ikkinchi bo‘limda esa o‘yingacha bo‘lgan davrda kelishgan, ustida ishlagan narsalarimizni ko‘rsata oldik. Ikkinchi bo‘limda o‘yinni to‘laqonli nazorat qilib turdik. Raqiblar himoyada to‘p bilan yaxshi muomala qila oldi va biz ularga oldinga o‘tishiga imkoniyat bermadik. Raqiblar 90 daqiqa mobaynida darvozamizga faqatgina bir marta zarba bera oldi holos. So‘nggi daqiqalardagi vaziyat golga aylanmagani biroz achinarli bo‘ldi. Biroq bu futbol, shunaqasi bo‘lib turadi. “Qizilqum” yaxshi futbolchilardan tuzilgan yaxshi jamoa. Ular ko‘plab raqiblarga boshog‘riq bo‘lishi aniq. Raqiblar to‘g‘ri o‘yin ko‘rsatdi, biz barchasiga tayyor turgandik. Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Murabbiylar bu o‘yindan zavqlanib, nimalarni o‘zgartirish kerakligini o‘ylab ham qoladi. Biroz afsuslandik. Lekin yana bir bor gol o‘tkazib yubormaganimizdan xursandmiz. To‘rtinchi turga kelib ham mag‘lub bo‘lmadik. Oldinda “Andijon”ga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz. Ertaga jamoaga dam beramiz va keyin 3 kun davomida uy o‘yinimizga tayyorlanamiz.