👉 26-noyabr, 2018-yil. Xuddi shu kuni “Lokomotiv” o‘z maydonida “Paxtakor”ni 3:2 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida uchinchi bor O‘zbekiston chempioni 🏆 degan nomga sazovor bo‘lgan.
⚽️ O‘yinda dastlab Igor Yelich hisobni ochgani, Marat Bikmayev raqib darvozasiga ikkita gol urgani ham ko‘pchilikning yodida.
🔥 Bahs yakuniga yetib, “temiryo‘lchilar”ga chempionlik kubogi topshirilgan lahzalar-chi? Biz bu o‘yinni nega esladik? Chunki aynan shu uchrashuv “Paxtakor”ga qarshi uydagi o‘yinlarda oxirgi g‘alabamiz bo‘lib qolyapti.
✅ Undan keyin “Paxtakor”ga qarshi 4 marta maydonga tushib, shundan uchtasida mag‘lub bo‘lganmiz.
2019 “Lokomotiv” – “Paxtakor” 0:0
2020 “Lokomotiv” – “Paxtakor” 0:1
2021 “Lokomotiv” – “Paxtakor” 0:3
2022 “Lokomotiv” – “Paxtakor” 0:2
💥 Noxush an’anaga barham beradigan payt keldi. O‘ylaymizki, 14-mart kuni futbolchilarimiz o‘z kuchlarini namoyish etib, “Loko” muxlislariga quvonch ulashishadi.