Superliganing 1-turi doirasida “Olimpik”ka qarshi o‘yindan keyin “Lokomotiv” bosh murabbiyi Aleksandr Stoymirovich fikrlarini bildirdi.
Jamoamni g‘alaba bilan tabriklayman. Ular bugun maksimal ravishda harakat qilishdi. Undan tashqari, murabbiylar shtabi hamda rahbariyatni ham g‘alaba bilan tabriklab qolaman. O‘yin bobida nima deyish mumkin. Jamoaga yangi kelgan futbolchilarning katta qismi mahalliy futbolchilardir. O‘tgan o‘yinda biz o‘yin amaliyoti borasida kichik muammolarga duch keldik. Yangi futbolchilar asta-sekinlik bilan jamoaning qonun-qoidalari, talablarini, taktikasini tushunib borishmoqda. Lekin ba’zida ruhiy muammolarga duch kelyapmiz. Chunki ular o‘z jamoalaridan keyin rasmiy o‘yinlarda qatnashganicha yo‘q. Biroq men ularga ishonaman, chunki biz barchasini hisobga olgan holda seleksiya ishlarini olib borganmiz. Legionerlardan Ivan Bulatovich Zagrebning “Lokomotiv”ida to‘pig‘idan ikki marta jarohat olgan. Mana bugun u o‘zining katta potensialini ko‘rsatishni boshladi, yaxshi holatini tiklab bormoqda. Undan tashqari, shuni aytishim kerakki, jamoa sardorisiz ikkita o‘yin o‘tkazdik. Sanjar Tursunov o‘tgan mavsum so‘nggi turda “Nasaf” bilan o‘yindagi qizil kartochkasi sababli ikkita o‘yinni o‘tkazib yubordi. Keyingi turda “Paxtakor” bilan o‘yinga u safga qaytadi. Bu jamoa uchun ruhiy tomondan ham katta plyus. Chunki Sanjar jamoa ichida katta ta’sirga ega futbolchi ekanligini yaxshi bilamiz. Shu sababli boshqa futbolchilar u borligida o‘zini xotirjam tutib, ishonchli o‘ynay olishadi.
“Olimpik” haqida nima deyish mumkin… Yosh va tartibli jamoa. Timur Kapadzening jamoadagi faoliyatini qattiq hurmat qilaman. 3 yildan buyon jamoasini yuqori darajada o‘ynatmoqda. Shu sababli g‘alaba osonlikcha kelmadi. Ular hattoki 10 kishi bo‘lib qolganida ham jamoaviylik va avtomatizatsiya hisobiga himoyalanish qiyin kechdi. Bu dinamik o‘yinning so‘nggi daqiqalarida biz ochilib ketdik, 100 foizlik imkoniyatlarga ega bo‘ldik, kattaroq hisobda g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Gʻalabadan mamnunman, bu biz uchun katta qadam bo‘ldi. Chunki “Lokomotiv” Pro-ligadan qaytdi, shu sababli g‘alabalarni birdaniga yaratib olish oson bo‘lmaydi. Barchasiga asta-sekinlik bilan erishamiz.