Bir yillik tanaffusdan so‘ng yana Superligaga qaytgan “Lokomotiv” o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda. Jamoamiz chernogoriyalik legioner Ivan Bulatovich bilan kelishuvga erishdi.
Bo‘yi 190 sm. bo‘lgan hujumchi 1996-yil 16-fevral kuni tug‘ilgan. Markaziy hujumchi ampluasida to‘p tepadi. Qizig‘i shundaki, Ivan Bulatovich “Lokomotiv”ga Zagrebning “Lokomotiva” klubidan tashrif buyuradi.
Bulatovichga “temiryo‘lchilar” safida ko‘plab gollar urishini tilab, xush kelibsan deb qolamiz.