Pro Liga doirasida “Aral”ga qarshi o’yindan keyin Denis Korostichenko o’z fikrlarini bildirdi.
– Bu yerda futbol o‘ynashni “o‘g‘irlab bo‘lishgan”. Bu yerga kelganlarning barchasi uchun maydon yoqimsiz holatlarni keltirib chiqaradi. Shunda ham yigitlar qo‘ldan kelgancha harakat qildi. Ularga katta rahmat aytaman. Aytishim mumkinki, maydondan tashqari hakam ham futbol o‘ynashimizga yo‘l qo‘ymadi. Uning qabul qilgan qarorlarini muhokama qilishni istamayman.
– Mag‘lubiyatga sabab stadion bo‘ldimi? Umuman olganda maydon haqida nima deya olasiz?
– Maydon juda og‘ir. Ikkinchi sababi esa bugun juda kam futbol o‘ynaldi. Biz futbol o‘ynashga intildik. Biroq buning uchun vaqtimizni o‘g‘irlashdi.
– “Aral”ning qaysi futbolchisini maqtab o‘ta olasiz?
– Salamat Qutibayev hamda Arislan Yusupbayevni ajratib ko‘rsatishim mumkin.