🚂 “Lokomotiv” himoyachisi Samuel Opeh birinchi davra haqida gapirdi.
– Birinchi davra haqida nima deysiz?
– Menimcha, birinchi davrada oldimizga qo’yilgan vazifani ortig’i bilan bajara oldik. Albatta, bunga murabbiylar shtabining ko’rsatmalari asosiy o’rinda bo’ldi. Ular har bir bahs biz uchun finalga teng ekanligini tushuntirishdi. Birinchi davrani peshqadam sifatida yakunlashimiz bejizga emas.
– Davradagi eng yaxshi o’yiningiz haqida.
– “Qo’qon-1912″ga qarshi o’yin. U yerda raqibdan 1 kishi kam bo’lib qolganimizga qaramasdan, o’yin yakunigacha g’alaba uchun harakat qildik va maqsadimizga erishdik. Bunday kayfiyat mavsum yakuniga qadar jamoani tark etmasligi uchun harakat qilamiz.
– Ikkinchi davra haqida nima deysiz?
– Mavsumni yaxshi tugatish uchun jiddiy tayyorgarlik ko’ryapmiz. Bilamiz, bu oson bo’lmaydi. Jamoada mentalitet shunday – barchamiz ushbu mavsumni peshqadam sifatida yakunlashni niyat qilganmiz. Shu sababli barcha o’yinlarda bor kuchimiz bilan o’ynashga harakat qilyapmiz. Navbatdagi mavsumda “Lokomotiv” Superligada o’ynashiga ishonaman.
– “Lokomotiv”dagi maqsadingiz qanday?
– Sovrin yutish. “Lokomotiv” uchun jonimni berib o’ynashga tayyorman. Sovrinlar va orzular asta-sekinlik bilan keladi.